О компании

«Fan javohirlari» - zamonaviy va yuqori sifatli o’qitish tizimi joriy qilingan ta’lim markazidir. Ta’lim markazi 15 yil davomida samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda va shu vaqt mobaynida bizning markaz katta yutuqlarga erishdi.

Mingdan ortiq yoshlar «Fan javohirlari»da o’z bilimlarini oshirib yurtimizning nufuzli o’quv maskanlari talabalariga aylanishdi.

Markazda ko’p yillik tajribaga ega yuksak malakali ustozlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Biz uchun o’z fanini chuqur biladigan va mavzularni tushunarli tarzda yetkazib bera oladigan eng malakali ustozlar, fan doktorlari va professorlarni jalb qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Markaz o’z faoliyatini muntazam ravishda tahlil qilib, shu asosda yangi o’qitish usullari joriy qilib bormoqda. Fanlarni o’zlashtirishni yanada kuchaytirish maqsadida “o’quvchi tafakkuri” nomli 5 modulli o’qitish dasturi ishlab chiqilgan. Bu dasturga ko’ra xotirani rivojlantirish mashg’ulotlari va muntazam test sinovlari amalga oshiriladi.